19-noyabrdan havo keskin sovushi kutilmoqda

19-noyabrdan O‘zbekiston hududida havo harorati keskin tushishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” prognozlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

21-noyabrga kelib havo harorati kechki soatlarda Selsiy bo‘yicha -2… -7 darajaga, kunduzi esa -2… +3 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, 19–21-noyabr kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida qor yoki yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17–22 metr/sekundgacha bo‘ladi.

Shu ko‘rsatkichlarga yaqin havo harorati 27-noyabrga qadar saqlanib qolishi aytilmoqda.

ULASHISH