Dunyoda atigi yetti nusxada bo’lgan Koenigsegg One:1 giperkarining biri AQShda dastlabki qiymatidan besh barobar qimmatga sotildi. GTSpirit nashrining The Auto Art dizayn atelesiga tayangan holda yozishicha, giperkarga 10 mln dollar to’lashgan.

Koenigsegg One:1 2014 yilda nimalarga qodirligini namoyish qilgan edi. Uning nomi quvvatining vazniga nisbatini, ya`ni bir ot kuchiga bir kilogramm mos kelishini  anglatadi. Avtomobil 1341 ot kuchiga ega bo’lgan, besh litr hajmdagi sakkiz silindrli motor bilan jihozlangan. U ikkita turbinaga ega. Avtomobil ikki uzatmali yetti bosqichli avtomat quti ko’magida harakatlanadi. Vazni ham ot kuchiga mos ravishda 1341 kgga teng.

Model bir necha marotaba tezlik rekordlarini o’rnatgan. Giperkar Spa-Frankorsham va «Suzuka» avtodromlaridagi eng tezkor seriyali avtomobil bo’lgan edi. U «0-300-0» ko’rsatkichiga 17,95 soniyada erisha olgan. Bundan tashqari, ikki kilometr masofada soatiga 386 km tezlikka chiqqan.

manba: Kun.uz

ULASHISH